28 iyu 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA
IBF chempionining 70 ming dollar pulini samolyotda o'g'irlashdi
20 iyul kuni Yaponiyaning Osaka shahrida dominikanlik 27 yoshli Jonatan Gusman (22-0, 22KO) birinchi yarim engil vazn toifasida vakant bo'lib qolgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
U chempionlik jangida yaponiyalik SHingo Vakeni mag'lubiyatga uchratgandi. Ushbu g'alaba uchun Gusmanga naqd 70 ming dollar gonorar berishgan edi. Jonatan uyga qaytishda pullarni samolyot bagajiga topshirdi. Qaytib olganida esa pullar qo'yilgan joyida yo'q edi.
Gusman shu zahoti aeroport policiyasiga murojaat qildi. Ayni paytda bu o'g'irlik yuzasidan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilyapti.
Havola :
Fikrlar