24 iyu 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA
IBF: Lebedev-Gassiev jangi yuzasidan erkin savdo 5 iyulga belgilandi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida WBA (Super) va IBF yo'nalishlari chempioni rossiyalik 36 yoshli Denis Lebedev himoya jangini 22 yoshli hamyurti Murat Gassievga qarshi o'tkazadi.
Ushbu jang huquqiga egalik qilish bo'yicha promouterlar o'rtasida erkin savdo 5 iyul kuni bo'lib o'tadi. Bu malumotni Xalqaro boks federaciyasi (IBF) rasman tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Lebedev IBF chempionlik kamarini shu yilning 21 may kuni Moskvada argentinalik Viktor Ramiresni ikkinchi raundda nokautga uchratib, qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar