14 noy 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA
IBF Usik uchun majburiy himoya jangi belgiladi
Superog'ir vaznda uchta asosiy yo'nalish chempioni bo'lib turgan Aleksandr Usik uchun majburiy jang belgilandi.
Ko'pchilik ukrainalik jahon chempionining WBC kamari sohibi, britaniyalik Tayson Fyuri bilan jangini kutayotgan bir paytda IBF kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Usik mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan xorvatiyalik Filip Xrgovichdan IBF chempionlik kamarini himoya qilishi shart.
Xrgovichning so-promouteri Eddi Xirn IBF tashkilotiga murojaat qilib, ushbu jangni tashkil qilish bo'yicha promouterlik savdolarini tezlashtirishni so'ragan. Filip davogarlar jangida CHjiley CHjanni mag'lubiyatga uchratgan edi. Usik - Xrgovich jangi 2023 yilning fevral yoki mart oyida o'tkazilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar