22 mar 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF va WBA chempioni kamarini himoya qiladi, raqib malum!
Birinchi o'rta vazn toifasida IBF va WBA yo'nalishlari chempioni Jaret Xyord 11 may kuni ringga chiqadi.
Xyord IBF kamarini rasmiy davogar Juliana Uilyamsdan himoya qiladi. Ushbu chempionlik jangi AQSHning Virjiniya shtati Feyrfaks shahrida bo'lib o'tadi. Jaret o'tgan yilning aprel oyida chempionlik kamarlarini birlashtirib olgandi.
Xyord dekabr oyida Jeyson Uelborndan kamarini himoya qilgandi. Avvalroq Jaret Xyordning ushbu vaznda WBC chempioni Jermell CHarlo bilan birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishi aytilgandi. Lekin CHarlo kutilmaganda Toni Xarrisonga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Fikrlar