05 iyu 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF yangi reytingni elon qildi: Murodjon chempion, Qudratillo birinchi, SHohjahon esa...
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Ushbu reytingdan o'zbekistonlik uch nafar bokschi o'rin olgan.
Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev oltinchi o'rinda qolgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.
Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog'onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar