So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

07 noy 19:35
Yangiliklar

Sambo

Ibodat Agajanova: "Xech kimdan kam emasligimizni isbotlayman"

Sambo bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi Ibodat Agajanova O'zbekiston sambo associaciyasiga bergan intervyusida tayyorgarlik jarayoni, maqsadi va asosiy raqiblari haqida gapirib berdi.

"Musobaqaga tayyorgarligimiz alo darajada o'tmoqda. Jamoadoshlarim bilan birgalikda mashg'ulotlarda qatnashyapmiz. Murabbiylarimiz har bir kamchiliklarimiz ustida ishlashmoqda. Mashg'ulotlardan ko'nglim to'q, xato va kamchiliklarimiz tuzatildi.

Bunday nufuzli musobaqalar oldidan har bir sportchi o'z oldiga maqsad qo'yadi. Men ham shu o'rinda aytishni istardim. Maqsadim - bayrog'imizni yuqori ko'tarib, oltin medalni qo'lga kiritishdir. Xudo xohlasa bu maqsadimga erishaman.

Jahon chempionatiga har bir davlatning eng kuchlilari saralanib keladi. Ularning o'ziga yarasha mahroati bor. Mening bu yo'ldagi raqiblarim, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog'iston kabi mamlakatlardan bo'ladi.

CHempionatning O'zbekistonda o'tkazilishi barchamiz uchun yaxshi imkoniyat deb bilaman. CHunki o'z yurtimizda, yaqinlarimizning yonlarida bo'lamiz. Ularning qo'llab-quvvatlashini his qilamiz. Bunday pallada o'zimga bo'lgan ishonchim yanada ortadi.

Men ham ruhan, ham jismonan musobaqaga tayyorman. Nasib qilsa, Prezidentimizning, ota-onamning, ustozlarim va muxlislar ishonchini oqlayman. Oltin medal qo'lga kiritib, xech kimdan kam emasligimizni isbotlayman", - dedi Ibodat Agajanova.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing