21 avg 21:50
Yangiliklar
Tokio-2020
Ibragimov 23 soniyada sof g'alabaga erishdi, u endi bronza uchun kurashadi
Ayni daqiqalarda Rio Olimpiadasining so'nggi kunidan o'rin olgan erkin kurash bahslari o'tkazilyapti.
Hamyurtimiz Magomed Ibragimov 97 kg vazn toifasida medallar uchun kurashni davom ettirayotgan edi. Hozirgina Ibragimov o'tish turnirida g'alabaga erishdi.
Polvonimiz ikki karra jahon hamda Osiyo chempioni, uch karra Osiyo o'yinlari g'olibi, eronlik Yazdanini 23 soniya ichida sof g'alaba evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Endi u bronza medal uchun bahsda gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar