So’nggi yangiliklar

10:01Бивол Россияда жанг қилади, рақиб ўша-ўша! (ПОСТЕР) 0 09:40"Номзодлар турнири": Жавоҳир Синдаров 2-турда муроса кўчасини танлади 0 09:18Фабио Каннаваро: "Мундиалда барчаси бошқача бўлади" 0 08:53Эксперт Махачев билан жанг учун икки асосий даъвогарни айтди 0 08:30Осиё чемпионати: Бугун фақат бир боксчимиз жанг қилади 0 21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0

20 apr 08:31
Yangiliklar

Bolalar sporti

Ictedodlar kamol topayotgan maskan

Teglar :  Bolalar sporti
Sportga oshno bolani diqqat etibor bilan kuzatganmisiz?

Ko'zingizga tik boqib, ro'y-rost gapiradi, qalbiga joylagan vatanparvarlik, or-nomus, chin insoniylik hislatlari yuz-ko'zida ufirib turadi. Rost, o'zini o'ylamaydi, o'zgani o'ylaydi, marrani birinchi qilishni o'ylaydi, ortida turgan yaqinlari, kindik qoni to'kilgan maskanni o'ylaydi, kerak bo'lsa, Vatan shanini o'ylab, borini beradi, bor mahoratini, ustozlaridan o'rgangan nimaiki sport sirlari bo'lsa o'zining qalb g'ururini qo'shib ishga soladi va  raqibini mag'lub qilishga erishadi. 

Agar o'sha raqib ishtirokidagi bellashuv xalqaro sport maydonida bo'lsayu, ming-minglab odamlar ko'z o'ngida sodir bo'lsa, quvonchdan ko'z yoshlarini yashirolmay, qo'lini ko'ksiga, yuragining ustiga qo'yib, madhiyamiz sadolariga jo'r bo'ladi, Vatan bayrog'iga tik boqib, g'oliblikni shunday tantana qiladi. 

Biz qisqacha hikoya qiladigan, sizga tanish bo'lgan Namangan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida talim-tarbiya olayotgan va jismi jonida xuddi shunday jo'shqinlik bo'lgan, g'oliblikka, chempionlikka tashna bo'lgan o'g'il-qizlar kamol topayotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. 

Bugun ushbu maktab-internatida 600 nafar o'quvchi, 77 murabbiy hamda 32 fan o'qituvchilari qo'l ostida o'quv-fan darsliklarini, sport mashg'ulotlarini ishtiyoq bilan o'rganishmoqda. Talim muassasasida 48X24 o'lchamdagi sport o'yinlar zali, 12X30, 18X36 o'lchamdagi kurash zali, 12X30 o'lchamdagi og'ir atletika zali, 18X36 o'lchamdagi gimnastika zali, engil sanoat kasb-hunar kollejiga qarashli  moslashtirilgan taekvondo VTF zallari o'quvchilar  ixtiyorida. 

Maktab-internatining sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Tojiboevning bizga bergan malumotiga ko'ra, sport maktabida mavjud 24 ta sport turi bo'yicha puxta bilim va ko'nikma olayotgan sportchi-o'quvchilarning musobaqalarda erishayotgan natijalari ham etirofga sazavor. 

Tulashboy Doniyorov (boks), SHukurjon Rahimov (boks), Bahodir Nurdinov (boks), SHuhrat Ahmadaliev (og'ir atletika), Mirzoulug'bek Mirzaev (belbog'li kurash), Ruslan Qayumov (trampolin), Davron Soataliev (taekvondo VTF), Vohidjon Yakubbaev (yunon-rum kurashi), Ilhom Nugmonxodjaev (basketbol), Anvar Issaev (basketbol), Ravshan Yuldoshev (engil atletika), Avaz Kamolov (dzyudo), Baxtiyor Bozorov (erkin kurash), Mamura Dadaboeva (voleybol), Irina Kim (badiiy gimnastika) singari tajribali ustoz-murabbiylarning shogirdlari tomonidan birgina o'tgan 2018 yilgi O'zbekiston chempionati va kubok bellashuvlari, xalqaro musobaqalarida 85 ta oltin, 86 ta kumush, 111 ta bronza medallari ko'lga kiritilgan. 

Ikki nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, o'n uch nafar sport ustasi, uch yuzdan ortiq sport ustaligiga nomzodlar tayyorlagangan. Joriy yilning birinchi choragidagi jamlangan medallar shodasini esa, 38 ta oltin, 37 ta kumush va 52 ta bronza medallari  tashkil etadi. Respublika terma jamoalarining asosiy tarkibiga maktab-internatining 35 nafar o'quvchilari  kiritlgan bo'lsa, 36 nafari zahiraga olingan sportchilar sanalishadi. 

Maktab-internatida shuningdek, manaviy-marifiy ishlarga ham alohida etibor qaratilgan. Direktorning manaviyat ishlari bo'yicha o'rinbosari Ziyodulla Bo'taevning takidlashicha, o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlariga boy bo'lgan kutubxonada o'quvchilarning soni keskin oshgan. 

Umumiy o'rta talim maktabilarida har yili aprel oyida tabiiy fanlar oyligi doriasida  o'tadigan qushlar bayrami mazkur maktab-internatida ham yaqinda ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgani o'quvchilarning tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhit musaffoligini saqlashga bo'lgan chorlov, deyish mumkin. Belgilangan rejaga muvofiq, turli masul tashkilotlar hamkorligidagi seminar va davra suhbatlari, ijodiy kechalar, taniqli sportchilar ishtirokidagi master-klass uslubidagi uchrashuvlar  o'quvchilarning manaviyat olami, tafakkur dunyosi kengayishiga, talim-tarbiyasiga ijobiy natija beradi, sog'lom turmush tarzini odat tusiga aylantirishga, vatanparvarlik ruhida kamol topishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. 

Yana bir gap, maktab-internati direktori Akramjon Dedabaevning tashabbusi bilan  muassasa hududdidagi bo'sh turgan erdan qo'shimcha doimiy daromad manbai sifatida  ikki sotixli ikkita issiqxona barpo etilgan. Birida limon ko'chatlari parvarishlanayotgan bo'lsa, ikkinchisida pomidorlar hosilga kirib ulgurgan. 

Mo'jazgina issiqxonadan ikki tonnaga yaqin pamidor olinayotganini ko'rib, hayratlanmay iloj yo'q. Yaqin ikki, uch yilda  limon kuchatlariyam hosilga kirsa iqtisodiy manfaadorlik ortishiga zamin yaratilishi ayni haqiqat. Muassasaning ekoolamigayam havas qilsa  arziydi. Gulgin ochilgan turfa xildagi minglab anvoyi gullar go'yo go'zalligini bilib, ohista esgan shabada epkinida sollonayotganday. 

Akram DEDABAEV, Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori: 

- Jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, iqtidorli o'g'il-qizlarni saralab, katta sport sari yo'naltirish, xususan, maktab-internatimizda talim olib, sport bo'yicha mashg'ulotlarga zo'r berayotgan  sportchi-o'quvchilarmizning istedodlarini shakllantirib borish, mamlakat terma jamolari tarkibiga munosib nomzodlarni etkazib berish, Osiyo va jahon chempionatlarida, olimpiya o'yinlarida shogirdlarimiz ishtiroki va muvaffaqiyatini ko'rish asosiy niyat va maqsadlarimizdan sanaladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing