22 jan 10:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Iga Svyontek Australian Open 1/2 finalida
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek tennis bo'yicha Avstraliya Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
			Polshalik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida 8-o'rinni egallab turgan amerikalik Emma Navarroni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. Ilk bahsda ham Iga zafar quchgandi.
To'qson daqiqa davom etgan uchrashuvda ikkala tennischi ham 1 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Svyontek 2, Navarro 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 5 ga 0! Cvyontek faoliyatida ikkinchi bor Australian Open 1/2 finaliga chiqdi. U 2022 yil ushbu bosqichda Daniel Kollinzga yutqazib qo'ygandi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar