08 okt 10:38
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontek Ostrava turniri 1/2 finalida
CHexiyaning Ostrava shahrida WTA turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek bosh sovrin uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.
Polshalik tennischi 1 soatu 55 daqiqa davom etgan chorak final bahsida dunyoning 151-raketkasi, amerikalik Keti Makneylidan 6/4, 6/4 hisobida ustun keldi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Svyontek ham, Makneyli ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Iga Svyontek yarim finalda Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi. Rossiyalik tennischi chorak finalda chexiyalik Tereza Martincovani mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar