So’nggi yangiliklar

18:43Чарльз Оливейра Царукян билан эҳтимолий реванш ҳақида фикр билдирди 0 18:05ИНТЕРВЬЮ. Олимпиада финали сотилганмиди — Абдулло Тангриев 0 17:29Жек Кеттеролнинг Теофимо Лопесга қарши супер чемпионлик жанги учун кимошди савдоси ўтказилади 0 17:13Шавкат Мирзиёев UCI президенти билан учрашди 0 16:48"Абдуқодир Ҳусанов — доим 300 км/соат тезликда ҳаракат қилади" - Фабио Каннаваро 0 16:12"Бразилия ММА турнирида Доғистонни мағлуб этган бўларди" - Чарльз Оливейра 0 15:30Рахмоновнинг мураббийи Шавкат UFC'даги навбатдаги жангини қачон ўтказиши мумкинлигини айтди 0 14:45Жавоҳир Синдаров Жаҳон чемпионати матбуот анжумани олдидан футбол томоша қилган — FIDE 0 14:18Синнер Australian Open—2027 мусобақасини ўтказиб юборади 0 13:42Италия U-17 мураббийи Ўзбекистонга қарши ўйин ҳақида: "Қизил карточка режаларимизни бузди" 0 13:18Марказий жангида Дмитрий Бивол иштирок этадиган RCC бокс кечасининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 12:45Ўзбекистон волейбол бўйича Осиёдаги энг кучли бешта жамоа қаторига киритилади. Бу ҳақда ҳукумат қарори эълон қилинди 0 12:23Жавоҳир Синдаров жамоаси Женевага ўзбек ошпазларини олиб борди 0 11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0

30 okt 13:04
Yangiliklar

Sport kurashlari, Dzyudo, Og'ir atletika, Osiyo o'yinlari

III Yoshlar Osiyo o'yinlari. O'zbekiston o'z o'rnida, medallarimiz 58 taga etdi, qo'shnilarimiz bizga yaqinlashib olishdi (+to'liq jadval)

Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlari o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Ayni daqiqalarga qadar O'zbekiston terma jamoasi sport delegaciyasi medallar jamg'arish bo'yicha jami 58 ta medal qo'lga kiritib ulgurdi. Yoshlarimiz 25 ta oltin, 10 ta kumush, 23 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Bugunning hisobidan ilk medalimiz ham oltin bo'ldi. Hozirgina og'ir atletikachimiz Dilnura Xoldorova (-77 kg) dast ko'tarishda 95 kg natija bilan chempion bo'ldi. Medallar jamg'arish bo'yicha terma jamoamiz hamon 2-o'rinni mustahkam egallab turibdi. 

Uchinchi o'ringa Qozog'iston terma jamoasi ko'tarilib olgani etiborga molik holat. Qo'shnilarimiz kecha 6 ta oltin medal qo'lga kiritganliklari ortidan 3-o'ringa yuqorilashdi. Ular hisobida 18 ta oltin, 21 ta kumush, 31 ta bronza, jami 70 ta medal bor. SHu kungacha 3-o'rin Tailand terma jamoasiga tegishli edi. Tailandliklar 5-o'ringa tushib ketishdi. Eron Islom Respublikasi 17 ta oltin, 11 ta kumush, 26 ta bronza medali bilan 4-o'ringa ko'tarildi.   

Osiyo sporti gegemoni Xitoy terma jamoasining umumiy medallari 122 taga etib ulgurdi. CHin yurti vakillari 54 ta oltin, 42 ta kumush, 26 ta bronza medaliga sazovor bo'lishgan. Yon qo'shnilarimizdan Tojikiston (2 ta oltin, 2 ta kumush, 12 ta bronza) bilan 18, Turkmaniston (1 ta oltin, 2 ta bronza) 25, Qirg'iz Respublikasi (7 ta kumush, 11 ta bronza) 28, Afg'oniston (2 ta kumush, 3 ta bronza) bilan 30-o'rinni band etgan.       

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing