31 okt 11:56
        Yangiliklar	
	 
				III Yoshlar Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasiga eng ko'p medallarni qaysi federaciya taqdim etdi?
Xabar berganimizdek, delegaciyamiz ushbu kompleks musobaqada 37 ta oltin, 16 ta kumush, 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi. Terma jamoamizga eng ko'p medallarni dzyudochilarimiz taqdim etishdi. Jami 16 nafar dzyudochi bilan qatnashgan terma jamoamiz yakunda 14 ta medalni qo'lga kiritdi. SHundan teng yarmi oltin medal bo'ldi. Dzyudochilarimiz yana 4 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Sport turlari kesimida ikkinchi o'rinni O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi egalladi. Og'ir atletikachilarimiz hamda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillarimiz bir xilda 13 tadan medalni qo'lga kiritishdi. To'rtinchi o'rindan 10 ta medal bilan bokschilarimiz joy oldi. Eng kami velosport, suzish va jiu-jitsu federaciyalariga to'g'ri kedi - 1 tadan.

 
			
Fikrlar