02 fev 17:38
Yangiliklar
Ikki engilmaslar ikkita kamar uchun jang o'tkazishdi
Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasi vakillari - amerikalik 28 yoshli Devid Benavides kubalik Devid Morrell o'zaro to'qnash kelishdi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar vaqtinchalik WBC chempionligi hamda WBA Regular kamari uchun ringga ko'tarilishdi.
G'olib bokschi yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga qarshi jang o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritardi. Hozirda bu vaznda Kanada sharafini himoya qilayotgan rossiyalik Artur Beterbiev mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U 22 fevral kuni Ar-Riyod shahrida Dmitriy Bivolga qarshi revansh jangida ringga chiqadi.
Benavides va Morrell o'rtasidagi jang to'liq 12 raund davom etdi va yakunda hakamlar qaroriga ko'ra amerikalik bokschi 118-108, 115-111, 115-111 hisoblarida g'alaba qozondi. O'ninchi raundda Morrel Benavidesni engil nokdaun holatiga tushirib qo'yishga ham muvaffaq bo'ldi, ammo gongdan keyin zarba bergani uchun ogohlantirish ham ishlab oldi.
The Ring nashri xabariga ko'ra, Devid Benavidesni Turki Al ash-SHeyx Ar-Riyodga, 22 fevral kuni Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o'rtasida o'tkaziladigan boks turniriga taklif qilgan.
Fikrlar