So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

12 apr 13:51
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ikki erkin kurashchimiz Osiyo chempionatining finalida!

Teglar :  Javrail SHapiev
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionari davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda qita chempionatining ikkinchi kungi saralash bellashuvlari o'tkazilpyati. Bugun 5 nafar erkin kurashchimiz medallar yo'lida bahslarga kirishgandi. Ulardan 2 nafari finalga yo'l oldi. 

-86 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz azosi, Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti  SHavrail SHapiev 1/4 finalda yaponiyalik Tatsuya SHirai, 1/2 finalda esa mezbonlar vakili Atai Izabekovni mag'lubiyatga uchratdi. SHapievning oltin medal uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi qozog'istonlik Azamat Dauletbekov bo'ladi. 

-92 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHerzod Poyonov 1/4 finalda mo'g'ulistonlik Batzul Damjin, 1/2 finalda Qirg'iz Respublikasi kurashchisi Nurtilek Karipbaevni taslim etdi. Poyonov final uchrashuvida eronlik Amirhusseyn Firuzpurbandpeyga qarshi gilamga chiqadi. 

Qolgan uch kurashchimiz saralash bahslarida raqiblariga imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini erta yakunlashdi. -61 kg vazndagi Sardor Ro'zimov 1/8 finalda hindistonlik Akash Dahiyaga, -74 kg vazn toifasidagi Zafarbek Otaxonov 1/8 finalda eronlik Husseyn Abouzaripashakolayiga, 125 kg vaznda kurashgan Sardorbek Xolmatov esa 1/4 finalda mo'g'ulistonlik Odgerel Batxishigga yutqazib qo'ydi. 

Malumot uchun, final bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing