18 mar 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki hamyurtimiz Octagon 71 turnirida jang qiladi
19 aprel kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 71 turniri tashkil etiladi.
Musobaqa doirasida yana ikki o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustalari — Asadbek Saidov (4-0) hamda Javohir Imamov (8-4) ham chiqish qiladigan bo'ldi. Ularning har ikkisi qozog'istonlik sporchtilar bilan to'qnash keladi.
Saidovga Erganat Sagatbek (3-0) raqiblik qilsa, Imamov Daniyar Ongar (7-3) bilan bahs olib boradi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangi, yani co main event'da hamyurtimiz Sardor Xudoyberdiev Qirg'iziston vakili Argen Abdikadir Uuluga qarshi yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun oktagonga chiqishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar