14 may 09:15
Yangiliklar
Og'ir atletika

Ikki og'ir atletikachimiz Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarildi
Xitoyning Jiangshan shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Qita birinchiligining navbatdagi kuni terma jamoamiz azolari uchun omadli keldi. Ayollar o'rtasida -81 kg vazn toifasida "A" guruh bahslarida ishtirok etgan ikki vakilimiz - Rigina Adashbaeva hamda Madina Fayzullaeva Osiyo chempionati sovrindoriga aylandi.
Adashbaeva dast ko'tarishda 104 kg natija bilan bronza, ikkikurashda 224 kg jamg'argan holda yana bir bronza medalga sazovor bo'ldi. Fayzullaeva esa siltab ko'tarishda 121 kg toshni bo'ysundirgan holda delegaciyamiz hisobiga yana bir bronza medalni qo'shib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar