So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

31 dek 09:52
Yangiliklar

Og'ir atletika

Ikki Olimpiada chempioni qatnashgan tadbirda baliqchilik yoshlarga yangi og'ir atletika zali sovg'a qilindi FOTOGALEREYA

Akbar Jo'raev va Ruslan Nurudinovning baliqchilik izdoshlari yangi yildan yangi va har tomonlama qo'layliklarga ega bo'lgan og'ir atletika zalida mashg'ulotlarni davom ettiradigan bo'lishdi.

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi, Andijon viloyati, Baliqchi tuman hokimligi hamda bir qator hamkorlarning tashabbusi bilan tumanda yangi og'ir atletika sport zali foydalanishga topshirildi.

Ushbu majmuaning tantanali ochilish marosimi yangi yil shodiyonalariga hamohang tarzda bayramona ruhda tashkil etildi.

Og'ir atletika sport turi bilan shug'ullanish uchun xalqaro talablarga javob beradigan zarur sport jihozlari bilan taminlangan majmuaning ochilish marosimida O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abduraimov, "SAMO" kompaniyasi bosh direktori, senator Akromjon G'aniev, Rio Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov, Tokio Olimpiadasi g'olibi, kattalar o'rtasida jahon chempioni, 2021 yilning eng yaxshi sportchisi sifatida O'zbekiston milliy kubogi sohibi Akbar Jo'raev va boshqa taniqli sportchilar, ularning murabbiylari, keng jamoatchilik vakillari, bo'lg'usi chempionlar, ota-onalar, Baliqchi tuman sport sohasi vakillari ishtirok etishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning ko'rsatmasi va alohida etibori tufayli mamlakatimizning chekka-chekka tumanlarida, mahallalarida zamon talablariga mos sport majmualarini bunyod etish, ertaga Vatan dovrug'ini dunyo maydonlarida tarannum etadigan yosh sportchilarga munosib shart-sharoitlar yaratish Yangi O'zbekiston poydevorini mustahkamlashda muhim omillardan biri sanaladi.

SHu manoda, ajratilgan 1 milliarddan ziyod mablag' evaziga Baliqchidagi Bolalar-o'smirlar sport maktabida yangi sport zalining ishga tushirilishi nafaqat yoshlarning, balki hududdagi keng sport jamoatchiligining quvonchiga ham sabab bo'ldi.

- Avvallari ushbu maskanda shart-sharoitlarning etarli emasligi sababli og'ir atletika bilan shug'ullanuvchilar soni 100 nafar atrofida bo'lardi. O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi va tashabbuskorlarning qo'llab-quvvatlashi bilan bu erda zamonaviy majmuaga asos solinishi, eng so'nggi rusumdagi sport anjomlari bilan taminlanishi natijasida kelgusi yildan mashg'ulotlarga keluvchilar safi yanada kengayishi shubhasiz. Bu esa tumanimizdan etishib chiqqan Tokio Olimpiadasi rekordchisi Muattar Nabieva kabi Vatanimiz shani uchun fidoyilik ko'rsatadigan sportchilar safining yanada kengayishiga olib keladi. Asosiysi, yaratilgan shart-sharoitlar aholining jismoniy tarbiya va sportga qiziqishini oshiradi. Sportga qiziqish kuchli bo'lgan joyda so'zsiz rivojlanish, yangi g'alabalar sari talpinish bo'ladi, - deydi Baliqchi tuman hokimi Jasurbek Abduraimov.

Sport zalining ochilish marosimida O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi hamda "SAMO" kompaniyasi tomonidan ushbu ko'rkam sport majmuasini bunyod etishda faol ishtirok etgan ishchi-xizmatchilarga, yosh sportchilarga, ularning murabbiylariga O'zbekistonning dovrug'li sportchilari Akbar Jo'raev va Ruslan Nurudinov yangi yil oldidan esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Tadbir davomida jahon sport maydonida o'z o'rniga ega bo'lgan shavkatli sportchilarimiz yosh izdoshlariga mahorat saboqlarini o'tkazishdi. Istedodli yosh sportchilar o'z navbatida dunyo tan olgan chempionlar oldida og'ir atletika bo'yicha o'z chiqishlarini amalga oshirishdi.

Muhimi, yoshlar, baliqchiliklar xursand bo'lishdi. Yaqin kelajakda baliqchilik yoshlar orasidan Akbar va Ruslandek chempion bo'laman, jahon sport maydonlarida O'zbekiston bayrog'ini yuksaltiraman, degan orzulari bir dunyo talantarning, ularning ota-onalarining qalb qo'rida yorug' nurlar jilolandi.

To'lqin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing