So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

15 jan 11:20
Yangiliklar

Tennis

Ikki tennis malikamiz qatnashadigan Australian Open 2026 asosiy to'riga qura tashlandi

Biroz avval "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning to'rtta musobaqasidan dastlabkisi - Australian Open 2026 turnirining asosiy to'r bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'z tarixida 114-marotaba tashkil etilayotgan, umumiy mukofot jamg'armasi rekord daraja - 111,5 million AQSH dollariga etkazilgan Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi asosiy to'r bahslarida mamlakatimizning birinchi hamda uchinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova yurtimiz sharafini himoya qiladi. Saralash turnirida omadini sinab ko'rgan ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva esa ilk bosqichdayoq yaponiyalik tennischiga yutqazib qo'ygandi. 

Qura natijasiga ko'ra, Polina Kudermetova kvalifikaciya, yani saralash raundi g'oliblaridan biriga qarshi kortga chiqadi. Polina g'alaba qozongan taqdirda, ikkinchi davrada daniyalik Klara Tasuon yoki vengriyalik Dalma Galfiga ro'baro' bo'ladi. Kamilla Rahimovani esa jiddiy sinov kutib turibdi. U dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goff bilan hisob-kitob qiladi. Ushbu juftlik g'olibini ikkinchi bosqichda asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan amerikalik 45 yoshli Vinus Uilyams yoki serbiyalik Olga Danilovich kutib oladi. 

Dunyoning birinchi raketkasi belaruslik Arina Sobolenko Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini wild card, yani imtiyozli yo'llanma sohibalaridan biri franciyalik Tyancoa Rakotomangi Radjaonaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Sayyoramizning ikkinchi raketkasi polshalik Iga SHvyontek esa kvalifikaciya g'olibalaridan birini sinovdan o'tkazadi.      

Australian Open 2026 asosiy to'r bahslari 18 yanvar kuni boshlanadi. Musobaqaning amaldagi g'olibasi amerikalik Medison Kiz hisoblanadi. U o'tgan yilgi finalda Arina Sobolenkoni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Medison chempionlik himoyasini ukrainalik Oleksandra Oliynikovaga qarshi kechadigan uchrashuv bilan boshlaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing