20 jan 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki UFC chempioni jangida Sexudo birinchi raundda raqibini nokaut qildi
Hozirgina AQSHda aralash qoidalar bo'yicha kutilgan UFC oqshomi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi ikki UFC chempionlari - Genri Sexudo hamda Ti Jey Dillashou o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang kutilmaganda birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq to'xtatildi.
To'qnashuvdan so'ng Dillashou yiqilib tushdi. Bu vaziyatda Sexudo raqibiga ikki-uchta aniq zarba bera oldi. Ti Jey jangni davom ettirish istagini bildirsa-da, referi bunga rozi bo'lmadi. Jang birinchi raundning birinchi daqiqasida to'xtatildi va Sexudo g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar