24 iyu 16:12
Yangiliklar

Ikki vaznda UFC chempioni Lomachenkoni oktagonga chorladi
Pekin Olimpiadasining erkin kurash bahslarida chempion bo'lgan Genri o'z murojaatida sobiq UFC jangchisi Artyom Lobovning boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Pol Malinyajini mag'lubiyatga uchratganini misol qilib keltirgan va bu holat Lomachenko bilan ham takrorlanishi mumkinligini aytgan.
Vasiliy bunga javoban Lomachenkoning zarbasidan so'ng xatto murabbiyini ham tanimay qolgan videosini jo'natdi va shunday tagso'z qoldirdi: "Seni ham xuddi shunday qismat kutmoqda!"
Amerikalik 32 yoshli Sexudo Lomachenkoning bu javobiga o'z munosabatini bildirib, uning professional boksda meksikalik Orlando Salidodan qabul qilib olgan yagona mag'lubiyatini eslatib qo'ydi.
Lomachenko "Tvitter"dagi bu "urush"ga chiroyli nuqta qo'ydi: "Sen, boksda hech narsani tushunmaysan".
Fikrlar