12 iyu 08:54
Yangiliklar

Ikki vaznda UFC chempioni: Men UFCning yangi yuziman, Konor emas!
Erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni bo'lgan amerikalik sportchi UFC prezidenti Dana Uaytdan o'zi uchun vaada qilingan pulni berishini so'radi.
“Mening keyingi jangim Dana Uayt bilan uning chek daftarchasi bilan bo'ladi. Men Dana va UFC bilan yaxshi munosabatda bo'lib qolishni istayman. Ular haqida yomon fikr bildirishdan o'zimni tiyaman. Faqat endi Uayt ham menga nisbatan munosabatini o'zgartirishi kerak.
Endi men avvalgi Sexudo emasman. Men UFCga miqdorda foyda keltira boshladim. SHunday ekan, Uayt ham endi menga pul to'lash tizimini o'zgartirishi kerak. Xizmatga yarasha rag'bat bo'lishi shart. Uayt jang oldidan menga g'alaba qozonsang, so'ragan narsangni olasan, degandi. Men vazifani bajardim. Endi men UFC yulduziman, Konor Makgregor emas”, - dedi Sexudo.
Fikrlar