11 iyu 20:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki vaznda UFC chempioni uchinchi kamar uchun harakatni boshladi
Ikki vazn toifasida UFC chempioni Genri Sexudo uchinchi chempionlik kamariga ko'z olaytiryapti.
Sexudo yarim engil vaznda ham chempion bo'lishni maqsad qilgan. 27 iyul kuni ushbu yo'nalish chempioni Maks Xollouey o'z kamarini Frenki Edgardan himoya qiladi. Agar Edgar bo'lajak jangda g'alaba qozona olsa, u holda Sexudo unga "vyzov" tashlaydi.
"Frenkiga nisbatan hech qanday adovatim yo'q. Men eng kuchlilar bilan jang qilmoqchiman. Maks bilan jangda Frenkiga muxlislik qilaman. Menga bu yo'nalish kamari ham kerak", - dedi erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Sexudo.
Eslatib o'tamiz, o'tgan kuni tongda Genri Sexudo engil vaznda vakant bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun kechgan jangda Marlon Moraesni nokautga uchratib, kamarlarini ikkitaga etkazib olgan edi.
Havola :
Fikrlar