15 mar 19:42
Yangiliklar
Ikki yil ichida 19 jang – hozirgi jangchilar uchun bu armon. U haqiqiy inson va sportchi edi. Buyuk Marvin Xagler vafot etdi
13 mart boks dunyosida “qora kun”. O'sha kuni professional boks tarixi katta yo'qotishga duch keldi, o'rta vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Marvin Xagler hayotdan ko'z yumdi.
Bolaligi va o'smirligi
Professional boksdagi bo'lajak yulduz 1954 yil 23 mayda AQSHning Nyu-Jersi shtatida tug'ilgan. Marvin oilada katta farzand bo'lgan. U hali kichikligida otasi rafiqasi va olti farzandini tashlab ketadi. 1967-yilda mamlakatning gullab-yashnagan shaharlaridan birida irqiy g'alayonlar boshlanadi. Bu urushda 30 odam vafot etgan, 700 dan ortig'i yaralangan, hamda 1,5 ming fuqaro qamoqqa olinadi. Ko'plab uylar shu jumladan, Xaglerlar yashaydigan xo'jalik ham vayron bo'ldi. SHu tufayli, ular Bostonga ko'chib kelishadi. Marvin oilasiga yordam berish uchun 14 yoshidan qurilishda ishlay boshlaydi. 1969 yilga kelib uning hayoti tubdan o'zgarib ketdi. Bir kuni uni o'rtoqlari yonida qandaydir bokschi kaltaklaydi.
Ertasi kuni Xagler boks bilan shug'ullanishga qaror qiladi va u erda butun faoliyatini birga o'tkazgan Petronelli bilan tanishadi. Mashg'ulotlar 15 yoshli o'smir uchun oson bo'lmadi. Birinchi kuniyoq uni malakali raqibga qarshi sparingga tushirishadi. Marvinning mag'lubiyati uni oldinga intilishiga turtki bo'ldi. Bo'lajak chempion onasining qarshiligiga etibor bermadi, aksincha jahonning eng zo'r bokschisi bo'lishi haqida aytardi.
Xagler imkoniyati bor turnirlarga qatnashishni boshladi. Bundan tashqari, u yoshi kattaroq bolalar uchun mo'ljallangan musobaqalardagi janglarga qatnashish uchun qo'shimcha ikki yil ajratishga majbur bo'ldi. Nihoyat, 1973 yilda AQSH chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi. SHundan keyin umrining uch yilini Monrealdagi Olimpiada uchun behuda sarflamasdan, professional boks bilan shug'ullanishga qaror qildi.
Ikki yil ichida 19 jang – hozirgi jangchilar uchun bu armon
Marvinning debyut jangi 1973 yil 18 mayda bo'lgan. Bu bahsda u Terri Rayanni nokautga uchratadi. O'sha yili Xagler 7 ta jang o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Keyingi 12 oy yanada qiyinchiliklar bilan o'tdi. U 11 marta ringga ko'tarildi. Masalan, 1974 yilda Olimpiya chempioni Reem Silsga qarshi ikki marta jang qildi. Birinchi bahsda g'alabaga erishgan bo'lsa, ikkinchisi durrang bilan yakun topdi. 1975 yilga kelib Xaglerning hisobida 18 g'alaba va bitta durrang jang bo'lgan va bu 20 yoshli bokschi uchun ajoyib natija ekanligi malum. Hozirgi paytda ikki yil ichida deyarli 20 marta ringga chiqishni tasavvur qilish qiyin. Biroq 1976 yilga kelib hammasi rejadan chiqib ketdi, Bobbi Uotts va Villi Monroga qarshi bo'lgan janglarda mag'lubiyatsizlikka uchradi. Bu omadsizliklar uni yanada kuchli qildi. 1977 yilga kelib esa Monroni ikki marta nokaut qildi, o'sha yilning o'zida Roy Jonsni ham muddatidan oldin mag'lub qildi. Bularning hammasi Xaglerda jahon chempioni kamarini qo'lga kiritish uchun bo'ladigan jangda qatnashishga imkoniyat yaratdi.
Antuofermo bilan jangdagi "o'g'irlik” va kamarni qo'lga kiritish
1979 yilda Xagler jahon chempionlik kamari uchun jangga qatnashishga erishdi. Las-Vegasda u mutlaq jahon chempioni Vito Antuofermoga qarshi ringga chiqdi. 15 raunddan iborat jangning birinchi qismida Marvin ustunlik qildi. U bahsning oxirgi uch raundida xavfni oldini olish uchun ancha harakat qildi. Vito oradagi farqni biroz qisqartirdi, ammo g'alaba qozonish uchun aniq natijaga erisha olmadi. Hakamlar hisoblamagan bo'lsalar ham, aslida durang bo'lgan jangda Antuofermo g'alaba qozondi. Ushbu natija sababli Vito unvonini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Aksariyat mutaxassislar ushbu qarama-qarshilikdagi durangni hakamlarning pulga sotilganligi deya hisoblashadi.
Bu omadsizlikdan so'ng Xagler 1980 yilda uchta jangda qatnashib, g'alaba qozondi. SHuningdek, Bobbi Uottsga qarshi revansh tashkil qilinishiga erishdi. Bu g'alabalardan keyin kamar uchun bo'ladigan jangda qatnashdi. Bu safar u Antuofermodan kamarni qo'lga kiritgan Alan Minterga qarshi ringga chiqdi.
Jang Londondagi “Uembli” arenasida tashkil qilinib, ko'plab shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bahsdan oldin Alan “Hech qanday qora yigit mendan kamarni tortib ololmaydi”,-deb aytgan edi. Biroq amerikalik uchinchi raunddayoq hakamni jangni to'xtatishga majbur qildi. SHunday qilib, buyuk Xagler jahonning o'rta vazn toifasidagi mutlaq chempioni bo'ldi.
U harakatdan to'xtamadi. 1981 yilda kamarni uch bora himoya qildi, hattoki Antuofermoni ham mag'lub qildi.
Nihoyat, 1983 yilda megafit ishtirokchisiga aylandi. Unga qarshi ringga Roberto Dyuran ko'tarildi. Bu jang 80-yillarning eng mashhuri bo'ldi. 13-raunddan keyin Dyuran ochkolar bo'yicha peshqadam edi. Biroq hal qiluvchi oxirgi uch daqiqada Xagler g'alabani qo'lga kiritdi. Roberto 15 raundlik jangda boks tarixidagi eng yaxshi jangchilardan biri bo'lgan Marvin bilan to'qnash kelgan ikkinchi bokschi bo'ldi. Birinchisi Antuofermoga qarshi bo'lgan edi.
1984 yilga kelib, Xagler ikkita jang o'tkazdi va g'alaba qozondi. Amerikalik Xuan Roldan hamda Mustafa Xamshoni mag'lub qildi.
Xirns bilan megafit va faoliyatning yakuni
Ikkita bahsdan so'ng chempion “Urush” deb nomlangan yana bir super-jangda qatnashdi. 1985 yil 15 aprelda Xagler birinchi o'rta vazn toifasidagi jahon chempioni Tommi Xirns bilan to'qnash keldi. Birinchi soniyalarda raqibi uning atrofida aylanib, uni siltab tashlab jang qilishni boshladi. Keyin Xagler o'zini qo'lga oldi va shiddatli hujum qilishga o'tdi. Xirns esa bo'yidan foydalanishni boshladi. U doim masofani saqlab zarba qilishdan foydalandi. SHunda Marvin raqibini burchakka siqib borib, zarba berishni boshlaydi. Qisqa masofada Xagler o'zini suvdagi baliqday his qilib harakatlanar edi. Mana shu raund tarixda o'rta vazn toifasida bo'lgan eng shiddatli hujumlarga boy jang hisoblanadi. Ikkinchi raundga kelib Tommi qarshilik ko'rsata olmasdan, ko'plab kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi. U Xaglerning shiddatli zarbalarini uchinchi raundda ham qaytara olmadi va keyingi zarbadan erga yiqildi. Marvin o'ziga xos uslubda yana bir bor kamarini himoya qilishga muvaffaq bo'ldi.
U 1986 yilda bitta jang o'tkazdi va ugandalik Mugabini nokaut qildi. 1987 yilga kelib faoliyatining uchinchi super janggi ro'y berdi. Bu safar Marvinning raqibi Reem Leonard bo'ldi. Bu bahs esa 80-yillarning eng kassabop jangiga aylandi. Xagler bundan 20 million dollar jamg'ardi. Hakam qaroriga ko'ra Leonardaning g'alabasi bilan yakunlangan bahs to'g'risida haligacha mutaxassislar bir to'xtamga kela olmaydi.
Boksdan keyingi hayot
Marvin SHugara Rey Leonardoga mag'lub bo'lganidan keyin faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi. U revansh tashkil qilishni xohlagan edi, biroq raqibi yana sportdan ketayotganini elon qildi (uchinchi marta). Uch yildan keyin Leonardo faoliyatini yana qayta tiklaganini takidladi va Xaglerga ham qaytayotganligini aytdi. Ammo Marvin qarorida qatiy turdi. U Italiyada yashab va kinolarda rol o'ynashni boshlagan edi. Uning qarori to'g'ri bo'lgan. Xagler o'zining sog'ligini saqlagan holda va afsonaviy jangchi sifatida sportni tark etdi. U Golovkin va Alvares erisha olmagan narsaga - o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.
Xagler faoliyatini tugatganidan keyin ommaga kam ko'rina boshladi. Andre Uord yoki Lennoks Lyusga o'xshab boshqalarning jangiga izoh bermadi. U vaqtini ko'proq oilasi uchun ajrata boshladi. Balki, mana shunday turmush tarzi sababli uning o'limi haqidagi xabar osmondagi momaqaldiroqqa o'xshab gumburladi. Xagler haqida Andre Uord, Gennadiy Golovkin va taniqli murabbiy Freddi Roach, mashhur ring anonseri Maykl Buffer, hattoki UFC prezidenti Dana Uayt ham iliq fikrlar aytdi. Biroq "Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arumning gaplari qisqa va ajoyib bo'ldi.
“U haqiqiy sportchi va haqiqiy inson edi. Men uni juda sog'inaman”, - deb aytdi.
Jahon boksi o'zining tarixdagi eng yaxshi jangchisini yo'qotdi. Tinch orom ol, Marvin!
Sports.ru asosida Ozoda Qayumova tayyorladi
Fikrlar