So’nggi yangiliklar

17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0

26 apr 10:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Ikkitagina finish qayd etilgan UFC Fight Night 274 turnirining barcha natijalari

Bugun AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC turniri kardidagi 13 ta jangdan bor yo'g'i 2 tasida muddatidan avval g'alaba qayd etildi.

Qolgan barcha janglar g'oliblari hakamlarning qaroriga ko'ra aniqlandi. Xususan, oqshomning asosiy jangi hisoblangan Aljameyn Sterling va Yussef Zalal o'rtasidagi to'qnashuv ham to'liq besh raund davom etib, yakunda tajribaliroq bo'lgan sobiq UFC chempioni Aljameyn Sterling hakamlarning yakdil qarori (49-45, 49-45, 49-45) evaziga zafar quchdi. Jangga qadar Sterling beshinchi, Zalal esa ettinchi o'rinni band etgan. Aljamen o'zining ketma-ket ikkinchi g'alabasini nishonlash barobarida beshta g'alabali seriya bilan kelayotgan Yussefni to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. 

UFC Fight Night 274 turnirining co-main event jangida ayollar o'ta engil vazn toifasi reytingida o'n birinchi o'rinni egallab turgan panamalik Joselin Edvards kichik shov-shuv ko'tara oldi. U uchinchi pog'onada borayotgan braziliyalik Norma Dyumontni mag'lubiyatga uchratdi.  

Turnirdagi ikkita muddatidan oldingi g'alabani amerikalik og'ir vazn toifasi vakili Rayan Spenn hamda o'rta vazn jangchisi Jekson MakVey qo'lga kiritdi. Rayan ikkinchi raundda braziliyalik Markus Almeydani nokautga uchratdi. Amerikalik MakVey birinchi raundda vatandoshi Sedrik Dyumani bo'g'ib qo'ydi. Sedrikni hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham texnik nokautga uchratgan edi. 


UFC Fight Night 274 turnirining to'liq natijalari: 

Asosiy kard janglari

Aljameyn Sterling Yussef Zalalni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi (49-45, 49-45, 49-45)

Joselin Edvards Norma Dyumontdan ochkolar bo'yicha ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28)

Rafa Garsiya Aleksandr Ernandesni ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 29-28, 29-28)

Deyvi Grant Adrian Luna Martinettini hakamlar qarori bilan engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Raoni Barselos Montel Jeksonni hakamlarning ayri qarori evaziga ko'ra mag'lub etdi (28-29, 29-28, 29-28)

Rayan Spenn Markus Almeydani nokaut qildi (zarba) – 2-raund, 2:10


Prelim kard janglari

Erik MakKoniko Rodolfo Vieyradan ochkolar hisobi bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)

Jekson MakVey Sedrik Dyumani sabmishn evaziga yutdi (Brabo bo'g'ish usuli) – 1-raund, 2:14

Mishel Montegyu Mayra Bueno Silvadan ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28)

Kodi Dyorden Jafel Filoni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (29-28, 30-27, 30-27)

Frensis Marshall Lukas Brennanni taslim etdi (30-27, 30-27, 30-27)

Viktor Valensuela Maks Griffinni engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Talita Alenkar Juliyu Polastrini hakamlar qaroriga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing