03 iyu 13:28
Yangiliklar

Ilgiz Tantashev klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi o'yinga tayinlandi
Dunyo birinchiligida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ham ishtirok etmoqda. Ilgiz Tantashev va Andrey Capenko Jahon chempionatining 1/4 final o'yinida ishlaydigan bo'ldi. Ularning har ikkisi ham zaxira hakami sifatida qayd etilgan.
O'zbekistonlik hakamlar 5 iyul kuni bo'lib o'tadigan “Palmeyras" va "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi bahsda faoliyat olib borishadi. Ushbu uchrashuvni asli eronlik, hozirda Avstraliya fuqarori bo'lgan FIFA referisi Alirizo Fag'oni boshqaradi.
"Palmeyras" - "CHelsi"
Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Avstraliya)
Qanot hakami: Anton SHetinin
Qanot hakami: Eshli Bechim
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev
Zaxira hakami yordamchisi: Andrey Capenko
Fikrlar