15 may 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Iliya Topuriya: "Islamni hurmat qilaman. Umid qilamanki, jangimiz o'tkaziladi"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya o'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Islam Maxachev haqida hurmat bilan gapirib, u bilan jang qilishga hali ham umid qilayotganini takidladi.
"Islam juda istedodli jangchi. Men uni sportchi sifatida hurmat qilaman. U uzoq vaqt davomida o'z vazn toifasida ustunlik qildi va bir necha bor chempionlik kamari uchun kurashdi. SHunday ekan, Islam kabi insonga qarshi o'zingni sinab ko'rishdan yaxshiroq narsa bormi? Bu jangdan hamma yutadi. Hayajonga soluvchi to'qnashuv va bu menga yoqadi. Men odamlarni xursand qilishni yaxshi ko'raman. Umid qilamanki, Maxachevga qarshi jangim bo'lib o'tadi", - dedi Topuriya ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar