25 okt 10:20
Yangiliklar
Iliya Topuriya: "Maxachevni bo'g'ib qo'ygan ilk jangchi men bo'laman!"
Kelib chiqishi gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Topuriya ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 308 turnirining markaziy jangida amerikalik davogar Maks Xolloueydan kamarini himoya qiladi.
Iliyaning aytishicha, Xollouey bilan jangdan keyin u boshqa vazn chempionlari Belal Muhammad va Islam Maxachevga qarshi oktagonga chiqish istagi borligini aytdi. Topuriya bu janglarga "parkdagi engilgina sayr" deya tarif berdi.
"Agar ular qo'ng'iroq qilib, meni engil vaznda ko'rishni istayotganliklarini aytishsa, Islamni bo'g'ish yoki og'ritish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan birinchi jangchiga aylanaman. Kelinglar, bu jang bo'yicha so'nggi qarorni UFC`ning o'ziga qoldiramiz. Har qanday holatda ham men birinchi navbatda ertangi jangda oktagonga chiqib, o'z ishimni qilishim kerak", - dedi Topuriya kechagi matbuot anjumanida.
Fikrlar