So’nggi yangiliklar

12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0

12 fev 17:09
Yangiliklar

Og'ir atletika

Ilya Ilin Toshkentda davom etayotgan musobaqada g'olib bo'ldi

Bugun Xalqaro birdamlik musobaqasining so'nggi kun bahslari bo'lib o'tmoqda.

Biroz avval -96 kg vazn toifasida sovrindorlar nomiga aniqlik kiritildi. Ushbu vaznda ikki nafar vakilimiz Umarbek SHohnazarov hamda CHirchiq og'ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisi 18 yoshli Mirhosil Mirzabaev g'oliblik uchun kurash olib bordilar. Mirhosil dast ko'tarishda 152 kg toshni ko'tarib, o'z shaxsiy rekordini 2 kg ga oshirdi. Siltab ko'tarishda 178 kg bilan cheklangan hamyurtimiz afsuski, medalsiz qoldi.

Umarbek SHohnazarov dast ko'tarishda 155 kg, siltab ko'tarishda 186 kg, ikki bahs yakunida 341 kg og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, terma jamoamiz uchun ikkita bronza medalni taqdim etdi. SHuningdek, bu vazn toifasida siltab ko'tarish dasturida Saudiya Arabistonlik Ali Ahmedga ham bronza medali nasib qildi.

Qatarlik iqtidorli sportchi Fares Elbah 159 + 194 = 353 kg og'irlik bilan ikkinchi o'rini qo'lga kiritgan bo'lsa,-102 kg vaznning oltin medali to'rt karra jahon chempioni va ikki karra olimpiya o'yinlari g'olibi qozog'istonlik Ilya Ilinga nasib etdi. U musobaqada 160 + 195 = 355 kg tosh ko'tarishga erishgan.

«Ruslan Nuriddinov bilan do'stmiz»

«O'zbekistonlik og'ir atletikachilarga avvaldan hurmatim baland. O'zbekiston terma jamoasi tarkibi ancha yosh. Ular og'ir-bosiqlik bilan juda aqlli harakat qilishyapti. Men ishonaman kelajakda bu yigitlardan Olimpiada chempionlari chiqadi. Biz Olimpiada rekordchisi Ruslan Nuriddinov bilan do'stmiz. Ko'rganingizdek oltin medallarni do'stimning qo'lidan qabul qilib oldim. Bu insonga o'zgacha hislarni taqdim etadi. Ha, yoshim anchayin katta, sportchilik faoliyatimni tugatishimga hali vaqt bordek, nazarimda»,- dedi musobaqa g'olibi Ilya Ilin.

«Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lmoqchiman»

“CHempionatdagi raqiblarimning imkoniyatlarini to'g'ri baholagan holda bronza medal olishni maqsad qilgandim va buni uddaladim. Meni ilk bor dadam zalga olib borganlar. Ularning o'zlari shu sport turi bo'yicha murabbiylik qilardilar. Lekin, mening birinchi murabbiyim amakim- SHarif SHohnazarov bo'ladilar. Ulardan juda ham minnatdorman. Hozirgi ustozim- Bahrom Mednibaevga alohida rahmat aytaman.Bizni kelajagimiz hali oldinda. Kelajakda Olimpiada arenalarida madhiyamiz baland yangrashi yo'lida bor imkoniyatlarimni ishga solaman”,-dedi Umarbek SHohnazarov




Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Foto: Jasin Birkenov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing