30 jan 13:52
Yangiliklar

"India Open". CHorak finalda 9 nafar sportchimiz jang qiladi
Bungacha Abdulhay SHorahmatov, Bobousmon Boturov, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov va Iqboljon Xoldorov kabi bokschilarimiz musobaqani g'alaba bilan boshlaganliklari haqida xabar qilgandik.
Kecha o'tkazilgan janglarda shuningdek Xudoynazar Fayzov, SHerbek Rahmatullaev, Sanjar Tursunov kabi bokschilarimiz ham g'alaba qozondilar. -49 kg vazn toifasida ringga chiqqan Mironshox Ibragimov esa filippinlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ygan.
1/8 final doirasida kechgan bahsda bokschilarimiz quyidagi raqiblarga qarshi jang qildilar:
-49 kg: Mironshoh Ibrigimov - Makodo Ramel (Filippin)
-52 kg: Xudoynazar Fayzov - Suguro Aldoms (Hindiston)
-56 kg: Abdulxay SHorahmatov - Amorgang Agung (Hindiston)
-60 kg: SHerbek Rahmatullaev - Singh Bunte (Hindiston)
-64 kg: Iqboljon Xoldorov - Mustafo Alkasbeh (Iordaniya)
-69 kg: Bobousmon Boturov - Boniface Barnsli (Seyshel)
-75 kg: Isroil Madrimov - Feroja Deno (Indoneziya)
-91 kg: Sanjar Tursunov - Ndzie Coe Kristian (Kamerun)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Parvin Kumar (Hindiston)
+91 kg vazn toifasidagi Lazizbek Mullajonov esa musobaqani chorak finaldan boshlaydi.
Fikrlar