01 fev 15:33
Yangiliklar
Boks/MMA

"India Open". Kunning birinchi yarmida uchta oltin, bitta kumush medalni qo'lga kiritdik
Hindistonda boks bo'yicha "India Open" turniri bo'lib o'tayotganligi haqida xabar qilgandik.
Kunning birinchi yarmida o'tkazilgan janglarda to'rt nafar bokschimiz final bahsida ringga chiqdi.
Avvaliga -69kg vazn toifasida jang o'tkazgan Bobousmon Boturov mezbon bokschi Dineshni mag'lubiyatga uchratdi. Keyin esa -75kg vazn toifasida finalga chiqqan Isroil Madrimov kubalik Estrada Iglesiasdan ustun keldi. Hindistonlik bokschi Sanjetga qarshi jang qilgan Sanjar Tursunov afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi. Superog'ir vazn toifasida jang qiladigan Bahodir Jalolov esa mezbonlar vakili Kumar Satishni ishonchli tarzda mag'lub etdi.
Bugun shuningdek, Xudoynazar Fayzov, Abdulhay SHorahmatov va Iqboljon Xoldorov kabi bokschilarimiz final jangini o'tkazadilar.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar