So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

02 fev 08:19
Yangiliklar

Boks/MMA

"India Open". O'zbek bokschilarida ettita medal!

Teglar :  India OpenBoks
Hindistonda boks bo'yicha xalqaro "Indian Open" turniri nihoyasiga etdi.

Turnirning hal qiluvchi final janglariga etti nafar bokschimiz etib kelgani haqida xabar qilgandik. Kecha musobaqada final to'qnashuvlari bo'lib o'tdi. 

Avvaliga -69kg vazn toifasidagi Bobousmon Boturov hindistonlik Dineshni mag'lubiyatga uchratdi. Keyin esa Isroil Madrimov (-75g) kubalik Estrada Iglesias ustidan g'alaba qozondi. Og'ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov (-91kg) jangni faol o'tkazganiga qaramay, yakunda hakamlar g'alabani mezbon bokschi Sanjitga taqdim etishdi. Superog'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov esa (+91kg) boshqa bir mezbon bokschi Kumar Satishni katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

Kechki dasturdan o'rin olgan janglarda esa Xudoynazar Fayzov (-52kg) Hindiston terma jamoasi azosi Anvar Salmonni, Abdulhay SHorahmatov esa (-56kg) mog'ulistonlik Amar Xarkuni mag'lubiyatga uchratdi va turnir g'olibligini qo'lga kiritdi. Iqboljon Xoldorov esa (-64kg) afsuski kubalik Moyran Vinentga imkoniyatni boy berib qo'ydi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.

SHu tariqa, turnirda 10 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekiston boks terma jamoasi umumiy hisobda "India Open"da 5ta oltin, 2ta kumush medalini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.


Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
02 fev 09:37:53
SarvarPARKENTLIK 2706
Jalolovni o'ziga kelayotgani rost bo'lsin. Endi kubadagi wsb. Jangida yutib bersa obrosiga yarasha ish bo'lardida
   
02 fev 19:36:42
Nazarbekskiy.
Jalolov profga otgan ediku
   
02 fev 10:15:49
Bek
Натижа жуда яхши фақат Иқболжоннинг хозирги нуфузи ва турнирнинг нуфузидан келиб чиқса, унинг натижаси бир оз қониқарсизроқдек. Шунингдек, Худайназар Файзов ўзи учун янги вазнда жуда яхши натижани қўлга киритди.
   
02 fev 10:13:00
Bek
SarvarPARKENTLIK 2706 foydalanuvchining fikriga javob berish
Saytdagi do'stla aytinglarchi shu -91 kg.da uzb.da aynan savon. Ga qarshi 3 raund ishlab beradigan nomzod bokschilardan kimlar bor ?
Масалага объектив қараганда ҳозирда Ўзбекистонда 91 кг вазн тоифасида Эрисланди Савонга тенг келадиган боксчи йўқ. Лекин фикримча Термизда унга қарши Хасанхон Баратовни синаб кўрса бўларди. Тўғри Хасанхонда Санжарчалик техника ва мотивация йўқдир балки, аммо у бир зарба билан масалага нуқта қўйиш имконияти мавжуд.
   
02 fev 10:01:14
SarvarPARKENTLIK 2706
O'zimga qolsa Profsorni sinab korardim. Vaznini 81 kg.dan 91kg.ga ötkazganda. Texnikasi kuchli bola
   
02 fev 09:48:33
SarvarPARKENTLIK 2706
Saytdagi do'stla aytinglarchi shu -91 kg.da uzb.da aynan savon. Ga qarshi 3 raund ishlab beradigan nomzod bokschilardan kimlar bor ?
   
02 fev 09:45:46
SarvarPARKENTLIK 2706
To'lqin Qilichevdan bir iltimos: shu WSB da Termizda 91kg da Sanjardan boshqa vakilimizni tushursa bolmasmikan. To'g'ri Tursunov iqtidorli mexnatsevar umidli bokschi buni Hamburgda kordik, lekin ayni vaqtda Tajriba va bo'y, qo'llarining uzunligi jixatidan Erislandi Savonga teng kelolmaganini Samarkandda ham ko'rdikku. Ko'ra bila turib yana savonga qarshi tursunovni qo'yilishi to'g'rimikan
   
02 fev 09:32:50
SarvarPARKENTLIK 2706
Janglarga kelsak bollarga raxmat. Faqat jch finalchisi xoldorovdan sal xavotir bor. Yani kubani nechanchidir tarkib azosi vinentga yutkazibdi. Wsb.da endy cruz bn jang oldidan bu ruxiyatga tasir qilmasmikan.
   
02 fev 09:26:54
SarvarPARKENTLIK 2706
Aslida bu natijalar kecha kechqurun xind sport saytlarida chiqib bolgandi. Shundoq perevod qilib kechani o'zida berilsa ham bo'lardi. Kutgandik
   
02 fev 09:24:46
SarvarPARKENTLIK 2706
Adminlar faolroq bo'linglar. Bu xabar boshqa uzb saytlarida avval chiqdiku. Ular olamsportdan olib yozdimi deb bu saytga kirganimda bu xabar yoq edi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing