12 iyu 17:47
Yangiliklar
Futbol
Infantino Jahon chempionati ishtirokchilarini yanada ko'paytirish ehtimolini istisno qilmadi
FIFA prezidenti Janni Infantino kelajakda Jahon chempionati ishtirokchilari soni 64 ta terma jamoagacha oshirilishi mumkinligini malum qildi.
"FIFA Jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirish masalasini ko'rib chiqishi mumkin.
Faqat Evropa va Janubiy Amerika emas, balki butun dunyo Jahon chempionatida ishtirok etishni orzu qilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak", — dedi Infantino blue Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, JCH–2026 tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o'tkazilmoqda. Avvalgi mundiallarda final bosqichida 32 ta jamoa qatnashgan edi.
AQSH, Kanada va Meksika mezbonligidagi JCH–2026 11 iyun kuni start oldi va 19 iyulga qadar davom etadi. Turnir doirasida jami 104 ta uchrashuv o'tkaziladi, bu esa Jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.

Havola :
Fikrlar