30 may 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA
"Inouedan o'zim revansh olaman" - Abdumalik Xalokov
Prof boksning yarim engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Abdumalik Xalokov keyingi rejalari haqida gapirdi.
"Agar Inoue faoliyatini tugatib yubormasa va Murodjon Ahmadaliev u bilan boshqa jang o'tkazmasa, o'zim revansh olaman. Bu jangda kim tez ekanini o'shanda ko'rib olishadi muxlislar. O'ylashimcha, men undan ko'ra tezroq va g'alabaga "och"man", deydi Abdumalik.
Hamyurtimiz kecha Toshkentda tashkil etilgan prof boks oqshomida hindistonlik Vishal Kumarni ikkinchi raundda nokautga uchratib, faoliyatidagi uchinchi jangida uchinchi g'alabasini nishonlagan edi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar