08 mar 22:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Iordaniya. -75 kg vaznli bokschimiz qozog'istonlik raqibga qarshi ringga ko'tarildi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasi vakillari uchun licenzion musobaqa davom etmoqda.
Biroz avval -75 kg vaznli bokschimiz Fanat Qahramonov qozog'istonlik kuchli bokschi Abilxan Amanqulga qarshi jang qildi va bu jangda hamyurtimiz kuchli raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ammo bokschimizda hali Amman shahrida Tokio olimpiya o'yinlariga licenziya olish uchun imkoniyat saqlanib qoldi.
Endi Fanat pley-off bahslarida ringga ko'tarilib, licenziya uchun kurashishda davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar