04 may 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Iqboljon Xoldarov jang qiladigan prof boks oqshomining yangi sanasi elon qilindi
Aslida ushbu turnir aprel oyida bo'lib o'tishi kerak edi.
23 may kuni Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahridagi Gazprom Sports Complex majmuasida Saikoulush promouterlik kompaniyasi tomonidan prof boks oqshomi tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, o'sha kungi turnirda tajribali charm qo'lqop ustamiz Iqboljon Xoldarov ham professional ringdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Xoldarovga musobaqa doirasida Filippin vakili Den Dakles raqib bo'ladi. Jang super yarim o'rta vazn toifasida 8 raund etib belgilangan.
Malumot uchun, andijonlik Iqboljon Xoldarov prof faoliyati davomida 7 ta jang o'tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Den Dakles hisobida esa 8 g'alaba va 2 ta durang bor.
23 may kungi boks oqshomining to'liq kardi:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar