12 apr 10:42
Yangiliklar
Irji Proxazka kutilmagan mag'lubiyatiga izoh berdi
Oqshomning asosiy jangi tashkilotning sobiq chempioni Irji Proxazka hamda Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulberg o'rtasda yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun kechdi. Jang biroz kutilmaganda Karlos Ulbergning birinchi raunddayoq texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Oyog'idan jarohat olgan Karlos kambek evaziga muqarrar mag'lubiyatni g'alabaga aylantirdi.
CHexiyalik sobiq chempion jangdan keyin o'zining muvaffaqiyatsizligiga izoh berdi.
"Yomon narsalar bo'lib turadi. Unga biroz rahmim kelganini sezdim. Bu hayotimdagi eng katta saboqlardan biri. Men hali ham g'alaba qozona olardim deb o'ylayman. Men allaqachon bu jangda g'alaba qozondim deb o'yladim. Men uning jarohatini ko'rdim, jin ursin, aytadigan gapim yo'q. Men qaytib kelaman, hammangizga rahmat. Hayot aynan shu haqda: o'rganish va yaxshiroq bo'lish. Bugungi ishtirokim uchun uzr so'rayman", - dedi Proxazka.
Eslatib o'tamiz, Ulberg jang boshida jarohat olgan, Irji uni mag'lub etishga intilmagan, biroq tez orada buning uchun javob oldi. Karlos uni hujumlardan birida zarba evaziga ushlab oldi va texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar