So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

26 iyu 09:36
Yangiliklar

Bolalar sporti

Ishchi guruh o'z faoliyatini Uchqo'rg'on tumanida davom ettirmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi o'z faoliyatini Uchqo'rg'on tumanida jismoniy tarbiya va sportning ommalashuvi yo'lida olib borilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishmoqda.

Jumladan, tumandagi Bolalar-o'smirlar sport maktabining moddiy-texnika bazasi, axborot-kommunikaciyalari texnologiyalarini joriy etish holati o'rganilmoqda. Bu borada ayni damdagi holatni yanada yaxshilash borasida vazirlik tomonidan sport tashkilotlariga ko'mak ko'rsatilayapti.

Malumot uchun, tumanda 167 ming aholi istiqomat qilayotgan bo'lib, ularning 32 mingdan ziyodrog'i doimiy ravishda sport bilan qamrab olingan.

Uchqo'rg'on tumani erkin kurash, gandbol, chim ustida hokkey sport turlariga ixtisoslashtirilgan bo'lib, hududda 1008 nafar sportchi yoshlar shug'ullanayotgan Bolalar-o'smirlar sport maktabi faoliyat ko'rsatmoqda.

BO'SMda 10 ta sport turi bo'yicha 38 nafar trenerlar yoshlar bilan mashg'ulotlar olib bormoqda. Erkin kurash bo'yicha BO'SM tarbiyalanuvchilari Osiyo va jahon chempionatlarida, shuningdek, xalqaro musobaqalarda sovrindorlar safidan joy olishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing