So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

25 iyu 10:54
Yangiliklar

Bolalar sporti

Ishchi guruh Pop tumani sport maktabi faoliyatini o'rganmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini o'rganish maqsadida Namangan viloyati bo'ylab xizmat safarida bo'lib turibdi.

Malumki, oxirgi yillarda respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha ishchi guruh tomonidan kunning ikkinchi yarmida Pop tumanida jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar va sport maktablarida shug'ullanayotgan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ulardan sport turlari bo'yicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish bo'yicha qilingan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Tumandagi bolalar-o'smirlar sport maktabida 1058 nafar yoshlar sportning 19 ta turi bo'yicha mashg'ulotlar o'takazib kelgan. Sportchilarga jami 43 nafar trener saboqlar berib kelar edi. Ayni paytda tuman «qizil» hududlar toifasiga kiritilganligi sababli ushbu   talim muassasasi vaqtinchalik ish faoliyatini to'xtatib turibdi.

Tuman dzyudo, boks va yunon-rum kurashi sport turlariga ixtisoslashtirilgan bo'lib, sport maktabida ushbu sport turlaridan Milliy terma jamoa azolarini etishtirib chiqarish bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan muassasaning faoliyati o'rganilib, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport vazirining ichki buyruqlari ijrosi yuzasidan kerakli ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing