18 dek 09:35
Yangiliklar
Islam Maxachev Arman Carukyanga qarshi jangiga taxmin bildirdi
UFC 311 turnirining asosiy jangida engil vazn toifasida amaldagi divizion chempioni Islam Maxachev majburiy davogar Arman Carukyandan kamarini himoya qiladi. Arman uchun revanshga aylanadigan jang oldidan Islam o'z taxminini bildirdi. Maxachev jangni hakamlar qaroriga qoldirmoqchi emas, u hamyurtini parterda mag'lub etishni maqsad qilgan. Bu haqda u Daniel Kormega bergan intervyusida aytdi.
"Birinchi jangda men uning bekgraundlarini bilmagandim. U mening kurashimdan yaxshigina himoyalangandi. Rostan ham u o'shanda menga raqobatli jang taqdim etgandi. Og'ir jang o'tkazganimni tan olaman. Lekin hozir men u haqda hamma malumotlarni bilaman. O'ylaymanki, uni muddatidan avval mag'lubiyatga uchrataman. CHarlz Oliveyra Armanni deyarli har bir raundda mag'lub etgan edi. CHarlz Armanni gilotina, uchburchak usullariga tushirib, jangning o'zida finish qilishga yaqin kelgandi. SHu ishni men yakunlab qo'yaman", - dedi Maxachev.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning aprel oyida o'tkazilgan ilk jangda Maxachev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. O'shanda Arman Carukyan o'zining UFC`dagi debyut jangini o'tkazgan edi.
Fikrlar