20 fev 16:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/205639_220.jpg)
Islam Maxachev: "Biz tayyormiz!"
"Bu yana bir qiyin mashg'ulot lageri edi. Oldinda yana bir qiyin hafta kutib turibdi, biz tayyormiz, InshaAlloh”, - deya suratni izohlagan Maxachev.
Avvalroq, 27 fevral sanasida Islam Maxachev bilan jang qilishi kerak bo'lgan Beneil Dariush jangni jarohati sabab o'tkazib yuborishi malum bo'lgan edi. Endilikda Islamga yana bir AQSH vakili Bobbi Grin raqiblik qiladi.
Bobbi Grin so'nggi jangini 13 fevral sanasida Nasrat Xakparastga qarshi o'tkazib, hakamlar qaroriga ko'ra g'olib deb topilgan. Uning hisobida 29 g'alaba, 12 mag'lubiyat va bir durang mavjud.
Rossiyalik jangchiga keladigan bo'lsak, Maxachev so'nggi jangini Den Xukerga qarshi o'tkazib, birinchi raundning o'zida ishinchli g'alabaga erishgan.
Fikrlar