24 fev 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/206757_220.jpg)
Islam Maxachev Bobbi Grinni nechanchi raundda mag'lub etmoqchi?
UFC jangchisi Islam Maxachev Bobbi Gringa qarshi jang haqida fikr bildirdi.
«Men Beneil jarohat olganidan xafa bo'ldim. Biroq unga qarshi yil so'nggida yoki kelasi yil jang qilishimga ishonaman. Uning jarohati jiddiy, oyog'ini sindirib olgan. Ammo u vaznimizda eng zo'rlaridan biri. Bobbi? Uning boksi yaxshi, ammo boshqa hech nima yo'q. U bir nechta kurashchilarga qarshi jang qilgandir, biroq tajribasi etarli deb o'ylamayman. Men esa butun hayotim davomida kurashib kelaman. Uni birinchi raundda nokaut qilaman deb umid qilaman. CHunki o'zimning imkoniyatlarimni to'liq bilaman», - dedi Islam Maxachev.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar