07 fev 07:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev chempion Oliveyra bilan jang qilishi mumkin
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Islam Maxachev shu yilning oxirida vazn chempioni CHarlz Oliveyra bilan titul uchun jangga taklif kutmoqda.
"Mening mashinamni Tesla Beneil Dariushga qarshi ko'rishga tayyormisizlar? Lekin men bu haqida o'ylamayapman, sababi bu jang shunchaki titulga yaqinlashtiruvchi jang, xolos. Meni esa faqat kamar qiziqtiradi.
CHarlz Oliveyra bilan jangni kutyapman. U hozir chempion, bundan tashqari, so'nggi ikki jangida u o'zini yaxshi ko'rsata oldi. SHunday ekan, o'ylaymanki, yil oxirida u bilan Abu-Dabida uchrashamiz", — deb aytgan Maxachev.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev navbatdagi jangini 26 fevral sanasida, UFC Fight Night turniri doirasida Beneil Dariushga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar