17 iyu 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev ertangi jangi oldidan taroziga chiqdi + FOTO
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Vegas 31 turniri ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi.
Toshkent vaqti bilan ertaga tongda o'tkaziladigan oqshomning markaziy jangi rossiyalik Islam Maxachev hamda braziliyalik Tiago Moyzes o'rtasida bo'lib o'tadi. Har ikki jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Maxachev 70,53 kg, uning raqibi 70,76 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, ayni paytda Islam Maxachev UFC engil vazn toifasi reytingida 9, Tiago Moyzes esa 14-o'rinni egallab turibdi. Islamning g'alabali seriyasi 7 ta jangdan iborat. Xabibdan keyin braziliyalik CHarlz Oliveyra ushbu vazn chempioni bo'lib turibdi. Ertangi jangda aynan Xabib Nurmagomedov Islamning burchagida sekundantlik qiladi.
Havola :
Manba : mmajunkie.usatoday.com
Fikrlar