20 dek 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev faoliyatidagi eng og'ir jang qaysi bo'lganini aytdi
Engil vazn toifasida UFC'ning amaldagi chempioni rossiyalik Islam Maxachev qaysi jang faoliyatidagi eng og'iri bo'lib turganini ochiqladi.
"Ha, Carukyan bilan birinchi jang qiyinlaridan biri edi, lekin bu eng qiyini emas. Volkanovski bilan besh raund... Bu aqldan ozdiradigan jang edi. Yurak urishim 200 dan oshgandi (kuladi). Balki, men Armanni past baholagandirman, chunki u qisqa fursatda jangga chiqqandi", dedi Maxachev ESPN muxbiriga bergan intervyusida.
Islam 19 yanvar kuni Los-Anjelesda tashkil etiladigan UFC 311 turniri doirasida Arman Carukyan bilan revansh jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar