So’nggi yangiliklar

09:06Терма жамоадаги фаолиятини якунлаган Лионель Месси миллий жамоадан чақирув олди 0 08:35Нурмагомедов 3,5 йил деганда илк бор PFL турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 08:0446th Chess Olympiad Samarkand 2026 старт олмоқда. Илк турда терма жамоаларимиз кимларга қарши дона суради? 0 07:33"Сирил Ган билан реваншга лойиқман" - Алекс Перейра 0 07:02"Реал" "Эльче" билан ўйинда 90+1-дақиқада ғалабани илиб кетди 0 19:30Бу қизиқ! Ўзбекистон Осиё ўйинлари тарихида медаллар сони бўйича нечанчи ўринда? 0 19:02Анвар Анваров тарихда илк бор ташкил этилган Ultimate Championship турнирида нечанчи бўлди? 0 18:30Аспиналлнинг UFC камаридан воз кечиши ихтиёрий қарорми ёки мажбурий? 0 17:45Осиё ўйинлари: Ўзбекистон 2002 йилдан буён турнир стартида ютқазмаяпти 0 17:17Арман Царукян: "UFC чемпионлик камарини пулга сотиб олиб бўлмайди" 0 16:30Генри Сехудо Топурия учун идеал рақибни айтди 0 15:49Жон Жонс Махачевнинг допинг айбловларига жавоб қайтарди 0 15:05Ўзбекистон МТЖ Сурия билан Тошкентда ўйнайди 0 14:26"Мени чемпионлик жангидан икки-учта жанг ажратиб турибди" - Шара Буллет 0 13:52Шоҳжаҳон Эргашев Данияр Елеусиновни жангга чорлади, Олимпиада чемпиони эса бунга жавоб қайтарди 0

06 iyu 16:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev faoliyatidagi eng sevimli jangini aytdi

Ikki vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi faoliyatidagi eng yaxshi jangi haqida berilgan savolga javob berdi.

Islam Maxachevning Dastin Pore bilan jangi rossiyalikning professional faoliyatidagi eng sevimli jangi hisoblanadi. O'sha jangning beshinchi raundida Maxachev Dastinni bo'g'ish usulida engib, engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini uchinchi marta muvaffaqiyatli himoya qilgandi. 

"Albatta, birinchi chempionlik jangidan keyin katta his-tuyg'ular paydo bo'ldi, ammo men qayta ko'rib chiqqan jang - bu Pore bilan bo'lgan to'qnashuv edi. Biz u erda ko'chadagi kabi mushtlashdik va men uni finish qilishga muvaffaq bo'ldim. Men bu jangdan rohatlandim. Bu nimani anglatadi? Bu har qanday jangda oxirigacha borishimdan dalolat beradi. CHiroqlar o'chib qolmaguncha, men jang qilaman, oldinga intilaman, lekin sinmayman", - dedi Maxachev Red Corner MMA nashriga bergan intervyusida.

Islam Dastin Poredan keyin braziliyalik Renato Moykanoni ham taslim etdi va shundan so'ng engil vazn toifasidagi kamarini vakant qoldirdi. Yarim o'rta vazn toifasiga ko'chib o'tgan Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, chempion bo'ldi.

Endi u ushbu chempionlik kamarining ilk himoyasini 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida vazn reytingida birinchi o'rinni egallab turgan irlandiyalik Yen Machado Gerriga qarshi o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing