24 fev 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev Grinni mag'lub etsa, chempionlik uchun oktagonga ko'tariladi
Engil vazn toifasida UFC reytingining to'rtinchi raqamli jangchisi Islam Maxachev Bobbi Grindan so'ng chempionlik uchun oktagonga ko'tariladi.
Bu haqida uning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.
“Islam Maxachev va Beneil Dariush o'rtasidagi jang davogarlik bahsi edi. Islam yakshanba kuni g'alaba qozonsa, navbatdagi jangini chempionlik uchun o'tkazadi", - dedi Ali.
Eslatib o'tamiz, Islam aslida yakshanba tongida Beneil Dariushga qarshi jang qilishi lozim edi, biroq raqibning jarohat olgani sababli u Bobbi Gringa qarshi oktagonga ko'tariladigan bo'lgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar