03 iyu 13:10
Yangiliklar
Islam Maxachev jang oldidan stafilokokk infekciyasi bo'lganini tasdiqladi
Kecha rossiyalik chempion UFC 302 turnirining markaziy jangida amerikalik Dastin Poreni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Jurnalist jangdan oldin Maxachevdan sog'lig'ida muammo bormi deya so'radi.
"Ha, bu to'g'ri malumot. Internetda oyog'imda stafilokokk ko'rinib turgan surat tarqadi. Bu infekciya meni anchagina bezovta qildi. AQSHga kelgan birinchi haftamda bu muammo bilan to'qnash keldim. Buning natijasida bir haftadan ko'proq vaqt davomida mashg'ulot o'tkaza olmadim. Men u paytda shunchaki dam oldim. Agar mashg'ulotni davom ettirganimda asorati og'irroq bo'lishi mumkin edi", - dedi Maxachev.
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Islamning oyog'idagi stafilokokk aks etgan suratni joylab, uni gigienaga rioya qilmaslikda ayblagandi. Xuddi shu infekciya sabab Mahmud Muradov belgilangan jangida ishtirok eta olmagandi. Buning natijasida UFC hamyurtimiz bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilgan edi.
Fikrlar