05 iyu 10:18
Yangiliklar
Islam Maxachev: "MMA bilan shug'ullanmaslik kerak. Boshqa sport turlari ham bor"
"Men baribir bu sport bilan shug'ullanmaslik kerak, degan fikrga moyilman. Boshqa muqobil sport turlari bor. Bu faqat islomda taqiqlangani uchun emas. Bu sportda hozirgi avlod uchun oilangni taminlay oladigan pulga erishish juda qiyin ekanligida. SHu sababli, men odamlarga, ota-onalarga MMAga bunchalik katta etibor bermasliklarini maslahat beraman", - dedi Maxachev "Murad LyaRiba" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, ayni paytda Maxachev UFC’da 16 ta g'alabadan iborat seriyaga ega. Islamning hisobida 28 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena bilan to'qnash kelgan va ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, o'zi uchun ikkinchi vaznda chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.

Fikrlar