04 noy 08:41
Yangiliklar
Islam Maxachev orden bilan taqdirlandi
O'lka rahbari Sergey Melikov Maxachevga "Dog'iston Respublikasiga xizmatlari uchun" ordenini tantanali ravishda topshirdi. Taqdirlash marosimi Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi aralash yakkakurash sport maktabida bo'lib o'tdi.
O'z o'rnida Maxachev Dog'iston Respublikasi rahbariga o'zining UFC qo'lqopi hamda libosini topshirdi.
"CHempionlik kamarini qo'lga kiritganimdan xursandman. Bu dog'istonlik yoshlar uchun qo'shimcha motivaciya bo'ladi. Bizda istedodli yoshlar juda ham ko'p. Sport zallarining bolalar bilan gavjum ekani fikrimga isbot bo'la oladi. Men ham bu bolalardan hech bir ustun joyim yo'q edi. SHunchaki, o'z oldimga maqsad qo'ydim, mashaqqatli yo'lni bosib o'tdim, tinmay mehnat qildim, ko'p narsalardan voz kechdim va mana yakunda o'z niyatimga etdim", - dedi Maxachev.
Fikrlar