02 iyu 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev O'zbekistonga tashrifi bo'yicha post joyladi (FOTO)
Rossiyalik UFC chempioni Islam Maxachev bir necha kun avval poytaxtimizda mehmon bo'ldi.
MMA ustasi Toshkentda o'zbek boksi yulduzlari Bahodir Jalolov, Bektemir Meliqo'ziev, shuningdek, taekvondo bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov va asli chechenistonlik, hozirda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Razambek Jamalov bilan vaqt o'tkazdi.
Islam Instagram sahifasida o'z tashrifi haqida post qoldirdi va uni quyidagicha izohladi:
"Sportda yuqori natijalarga erishgan insonlardan biroz tajriba oldim".

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar